Jizzaxda yoshlar biznes-inkubatori oʻz faoliyatini boshladi

11:47 11 Fevral 2019 Jamiyat
304 0

Illyustrativ foto

“Xalq soʻzi ONLINE”. Tolibjon Ergashev/Jizzax. Viloyat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, sohaga yosh tadbirkorlarni keng jalb qilish, ularga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish, yangi startaplarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yoshlar biznes-inkubatori oʻz faoliyatini boshladi.

Jizzax viloyati hokimligi, Loyihalarni boshqarish milliy agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda qator hamkor tashkilotlar ishtirokida uyushtirilgan tadbirda yoshlarga innovatsion loyihalar, startaplarni rivojlantirish, moliyalashtirish, yangi tuzilgan biznes-inkubatorning imkoniyatlari va yosh tadbirkorlarga qulayliklar yaratish, investorlarni jalb etishda aynan nimalarga eʼtibor qaratish zarurligi haqida keng tushunchalar berildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?