Jizzaxda yana bir xonadonga salkam 270 mln soʻm asossiz qarz yozildi

16:06 18 Iyul 2019 Jamiyat
155 0

Illyustrativ foto

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qilgan X. Sanaqulov yashash xonadoniga Jizzax shahar elektr taʼminoti korxonasi tomonidan elektr energiyasi uchun 269 mln soʻm qarzdorlik borligi toʻgʻrisida maʼlumot kelganligi, biroq bu qarzdorlik asossiz ekanligini bildirgan.

Federatsiya xodimlari hujjatlarni oʻrganib, qayta hisob-kitob qilganda bu qarzdorlik toʻgʻrisidagi maʼlumot umuman yolgʻon ekanligi maʼlum boʻldi. Aksincha fuqaro elektr energiyasi uchun 74 000 soʻm ortigʻi bilan toʻlov qilgani aniqlandi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq Jizzaxdagi boshqa bir xonadon shunday yirik miqdordagi yolgʻon qarzdorlik aniqlangandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?