Jizzaxda “Orom” kovorking markazi ish boshladi

14:49 19 Fevral 2019 Jamiyat
504 0

“Yoshlar — kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi doirasida Jizzax shahrida “Orom” kovorking markazi oʻz faoliyatini boshladi.

— Markazimizni zamon talablari asosida qurish uchun oʻz jamgʻarmamiz va Milliy bankning imtiyozli krediti hisobidan 6 milliard soʻmlik qurilish-montaj ishlarini olib bordik, — deydi “Orom” kovorking markazi rahbari Bunyod Qoʻngʻurov. — Majmuamizdagi bouling klubi Amerikadan olib kelingan uskunalar bilan jihozlangan, shuningdek, musiqa zali, bolalar oʻyin maydonchasi faoliyat koʻrsatib turibdi.

“Yosh tadbirkorlar” uchun moʻljallangan kovorking markazi yoshlarning biznes tashabbuslari, gʻoyalari, loyihalari, nou-xaulari, startaplarini amalga oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlash, yuridik hamda tijoriy maslahatlar berish, buxgalteriya hisobotlarini yuritish, master-klasslar oʻtish, seminarlar tashkil etish va boshqa bir qancha xizmatlarni yoʻlga qoʻyishga moʻljallangan.

Shuningdek, bu yerda viloyatda faoliyat koʻrsatishni niyat qilgan yoshlar uchun ofislar olishi va oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish imkoni ham yaratildi. Markaz ishga tushishi bilan 50 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Tolibjon Ergashev, “Xalq soʻzi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?