Jizzaxda “Neksiya” beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi

12:11 16 Avgust 2018 Jamiyat
621 0

2018 yil 15 avgust kuni soat taxminan 12-00 larda “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan 996 kilometrida Sh.R. o‘ziga tegishli bo‘lgan Nexia RZ rusumli avtomashinada Termiz yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelib, boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘lning o‘ziga nisbatan o‘ng tomonidagi beton to‘siqqa urilib yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan va avtomashina voqea joyida to‘liq yonib ketgan.

Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida haydovchi Sh.R. va uning rafiqasi E.S. voqea joyining o‘zida vafot etgan. Yo‘lovchi M.E. tan jarohati olib RSHTYOIM Jizzax filialining Neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat bo‘yicha Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qism “a” bandi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?