Jizzaxda ichida uch nafar bola qolgan mashina yonib ketdi. Bolalarning jarohati jiddiy

21:08 18 Sentyabr 2020 Jamiyat
331 0

Avtoulovda qoldirilgan bolalar kuyish jarohatlari olgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Yakkaqayrogʻoch mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi 1992-yil tugʻilgan F.D. akasining 1 nafar, oʻzining esa 2 nafar farzandini «Matiz» ichida qoldirib, yashash joyiga kirib ketganida boshiga qanday kulfatlar tushishini tasavvur ham qilmagandi. F.D uyda boʻlgan vaqtda avtoulov ichida yongʻin yuzaga kelib, salonda boʻlgan 2018-yilda tugʻilgan Sh.Sh.ning tanasi 100 foiz 2- va 3- darajali termik kuygan.

Shuningdek, 2017-yilda tugʻilgan M.Sh. tanasining 60 foizi 1-, 2- va 3- darajali kuygan. Bundan tashqari bolaning yuqori nafas yoʻllari 2- darajali kuygan. 2019-yilda tugʻilgan Sh.M.ning yuzi, ikki qoʻli 2-, 3- “A” va “B” darajali, yuqori nafas yoʻllarining esa 14-16 foizi kuygan. Jabrlanuvchilar respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish boʻlimiga yotqizildi.

Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?