Jizzaxda gʻalla rejasini bajargan fermerlarga 20 ta Lacetti topshirildi

18:40 07 Sentyabr 2018 Jamiyat
575 0
Foto: Jizzaxda viloyat hokimligi

6 sentyabr kuni Jizzax viloyat hokimligida gʻalla topshirish shartnomasini ortigʻi bilan bajargan fermerlar “Lacetti” avtomashinalari bilan taqdirlandi. Bu haqda Jizzax viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Joriy yilgi mavsumda viloyat fermerlari 260 ming tonnadan ortiq gʻallani mamlakat xirmoniga qoʻshdi. Bu jarayonda ilgʻorlik koʻrsatgan Doʻstlik va Mirzachoʻl tumanidan 6 ta, Zafaroboddan 5 ta, Sharof Rashidov tumanidan 1 ta, Paxtakor tumanidan 2 ta fermer xoʻjaligiga 20 ta “Lacetti” rusumli avtomashina topshirildi. Avtomashinalar imtiyozli toʻlov shartlari asosida taqdim qilindi.

“Bunday ragʻbatlantirishlar bizni yanada koʻproq mehnat qilishga undaydi. 55 gektar yerdan 145,5 tonna gʻallani shartnomadan ziyod qilib bajarganimiz uchun avtomashinaga ega boʻldik. Paxta xirmoniga ham munosib ulush qoʻshishga harakat qilamiz”, – dedi mirzachoʻllik fermer Nurbek Bozorboyev.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?