Jizzaxda daxshatli yo’l transport hodisasi. Qurbonlar bor

00:23 05 Aprel 2018 Jamiyat
886 0

Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hududidan o’tgan “Jizzax — Gagarin” yo’lining 49-kilometrida ikkita Neksiya rusumli avtomobil to’qnashib ketishi natijasida yong’in kelib chiqqan.

Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmatiga xabariga ko’ra, baxtsiz hodisa 4 aprel kuni soat 12:40da sodir bo’lgan.

Jizzax shahrida istiqomat qiluvchi 1990 yilda tug’ilgan fuqaro boshqaruvidagi Neksiya “Jizzax — Do’stlik” yo’nalishi bo’ylab harakatlanib borayotganda, qarama-qarshi yo’nalishdan kelayotgan arnasoylik  haydovchi boshqaruvidagi avtomobil bilan yuzma-yuz to’qnashib ketgan.

YTH oqibatida avtomobillarda bo’lgan sakkiz kishi halok bo’lgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?