Jizzaxda bir oilaning toʻrt aʼzosi, jumladan ikki yosh bola is gazidan zaharlanib halok boʻldi

20:42 09 Yanvar 2020 Jamiyat
281 0

2020-yilning 9-yanvar kuni Gʻallaorol tumani, Koʻkgumbaz QFY, Qorongʻul qishlogʻi 183-uyga borilganda, shu manzilda yashagan fuqarolar D.Sh. (1987-y.t. ishchi) va ayol N.Sh. (1989-y.t., MTM tarbiyachisi) lar hamda ularning 2 nafar (2014 va 2017-y.t.) voyaga yetmagan farzandlari yashash uyi xonasida is gazidan zaharlanib vafot etgan.

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayot Shamsutdinovning “Xalq soʻzi“ga maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Gʻallaorol tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?