Jizzaxda amerikaliklar soya yetishtiradi

16:01 23 Aprel 2019 Jamiyat
360 0

Illyustrativ foto

Jizzax viloyat hokimligi va AQSH ning nufuzli “Alfa Eko” kompaniyasi negizida tashkil topgan “Amerika soya loviyasi korporatsiyasi” (American soybean corporation) oʻrtasida viloyat dalalarida soya yetishtirish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

-Yurtingizning iqlimi, tabiiy sharoiti, quyoshga toʻyingan tuproq soya yetishtirish va uni parvarishlash uchun juda mos keladi, - deydi “American soybean corporation” prezidenti Fima Potik. – Biz, dastlabki yili 100 ming gektar maydonda dehqonchilik qilamiz, Oʻzbekistonga moslab urugʻ navini yaratamiz, uning hosildorligini oshirish chorasini koʻramiz, mahalliy mutaxassislarni tayyorlaymiz hamda ularni Amerikada oʻqitib kelamiz.

Memorandum doirasida viloyatga 350 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishga erishildi. Shuningdek, soyani ekish, qayta ishlash, tayyor mahsulot holatiga keltirish, ichki bozorni taʼminlash, ortiqchasini xorijga eksport qilish, yangi logistika markazlarini qurish hamda klaster tashkil etish, soya chiqindisidan chorva mollari uchun ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarish masalalari boʻyicha ham kelishib olindi.

Tolibjon ERGASHЕV, (“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?