Jizzax akkumulyator zavodi aksiyalari xorijiy investorga sotiladi

18:20 06 Iyun 2018 Iqtisodiyot
410 0

"Jizzax akkumulyator zavodi" AJni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq “Jizzax akkumulyator zavodi” AJning ustav kapitalida “O‘zavtosanoat” AJga tegishli ulushning 51,78 foizi (aksiyalar paketi) belgilangan tartibda xorijiy investorlarga sotiladi, deb yozadi “Huquqiy axborot” kanali.

Shu munosabat bilan “O‘zavtosanoat” AJga aksiyalar paketining bozor qiymatini aniqlash va ularni belgilangan tartibda birja savdolariga qo‘yish topshirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?