Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻzi oʻqigan maktabga kitoblar va sport jihozlari sovgʻa qildi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Bugun, 27 mart kuni Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 4-umumtaʼlim maktabiga borib, oʻzi taʼlim olgan ushbu muassasaga sport jihozlari hamda shaxsiy kutubxonasidan kitoblar sovgʻa qildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maktab jamoasi va oʻquvchilar bilan boʻlgan suhbat chogʻida vazir oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda har bir inson faollik koʻrsatishi lozimligini taʼkidladi.
– Umid qilamizki, oʻquvchilarimiz bu kitoblarni oʻqib oʻz bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlashadi. Yoshlarimiz qaysi sohani tanlamasinlar, ularning har tomonlama barkamol inson boʻlib yetishishlari uchun nafaqat maʼnan, balkim jismonan rivojlanish ham muhim rol oʻynaydi. Shuning uchun, oʻquvchilarimiz boʻsh vaqtlarini turli zararli odatlarga sarflashlariga yoʻl qoʻymaslik uchun ularni kitob oʻqishga, sport bilan shugʻullanishga daʼvat etishimiz zarur, – dedi Dilmurod Nabiyev
Eslatib oʻtamiz, rahbarlarni oʻzi taʼlim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovgʻa qilish tashabbusi 19 mart kuni yoshlar maʼnaviyatini oshirish, ularning boʻsh vaqtini tashkil etishda koʻmak berish, yoshlar orasida kitob oʻqishni targʻib qilishga bagʻishlangan yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Iqtisodiyot universiteti besh kunlik taʼlim tizimiga oʻtdi
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- Bosh prokuratura Jahongir Ortiqxoʻjayev boʻyicha bayonot berdi
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
02 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: