Jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini lavozimiga tayinlash va ozod etish tartibi oʻzgardi

18:11 25 Fevral 2019 Sport
455 0

Illyustrativ foto

Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya oʻqituvchisini lavozimiga tayinlash va ozod etish tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimlari bilan kelishilgan holda taʼlim muassasalari direktorlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ilgari jismoniy tarbiya oʻqituvchisi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshliqlari tomonidan amalga oshirilgan.

Oliy taʼlim muassasalarining jismoniy tarbiya oʻqituvchilari esa endilikda muassasa rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. Ilgari bu tartib jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan amalga oshirilgan.

Hoʻl meva-sabzavotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha 100 foiz haqi oldindan xorijiy valyutada olingandan soʻng eksport qilishga ruxsat berilishiga oid talab bekor qilindi.

Qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan respublikaga olib kelinadigan metallurgiya xom ashyosini olib kirishga boʻlgan bojxona imtiyozlari 2020 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?