Jismoniy shaxslarga oltin yombi va tangalarni horijga olib chiqishga ruxsat berildi

19:32 26 Sentyabr 2020 Hujjatlar
646 0

“Qimmatbaho metallar muomalasini tartibga solishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, jismoniy shaxslar tegishli sertifikatlar mavjud boʻlganda, qimmatbaho metallardan tayyorlangan oʻlchovli yombilar va Markaziy bankning qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalarini respublika hududidan tashqariga bojxona deklaratsiyasini toʻldirgan holda cheklovlarsiz olib chiqishi mumkin.

Farmonga koʻra, Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tugatilib, Markaziy bankda Qimmatbaho metallarni saqlash va ular bilan ishlash xizmati tashkil etildi.

Shuningdek, birja savdolarida sotiladigan qimmatbaho metallarni respublika hududlariga yetkazib berish mexanizmi joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?