Jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida niqob taqish mumkinmi?

16:07 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
236 0

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova quyidagicha javob berdi:

— Jismoniy mashqlarni bajarish davrida niqob taqish shart emas. Chunki u nafas olishingizga xalaqit beradi.

Bemorlar mashqlarni uydagi oila aʼzolaridan narida va alohida xonada bajarganliklari maʼqul. Ushbu xonani oldindan shamollatib qoʻyish va agar havo ochiq boʻlsa xona derazalarini ochiq holda qoldirish maʼqul.

Mashqlar davomida terlash nafas olishini qiyinlashtiradi, niqoblarni namlanishiga va mikroorganizmlarni koʻpayishiga olib keladi. Chunki nam niqob mikroorganizmlar uchun ozuqa hisoblanadi.

Shuni unutmaslik kerakki, nafas olish qiyinlashishi, bosh aylanishi va kislorod yetishmovchilik holatidan ehtiyot boʻlish maqsadida mashqlarni ehtiyotkorlik bilan bajarish talab etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?