Jinoyatchilikka qarshi qanday kurashilmoqda?

16:16 22 Fevral 2020 Jamiyat
362 0

Bosh prokuraturada Jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Videoselektor tarzida oʻtkazilayotgan ushbu yigʻilishda mamlakatda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlarining oʻzaro hamkorligiga doir masalalar muhokama qilindi.

Xoʻsh, bu borada vaziyat qanday?

Kengash yigʻilishida Bosh prokuror N.Yoʻldoshev kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.

Taʼkidlanganidek, sud-huquq, jumladan, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha salmoqli ishlar qilindi. Ammo bu sohada muammolar, xato va kamchiliklar ham koʻp.

Masalan, 2019-yilda jinoyatlar soni Buxoro, Sirdaryo, Navoiy, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida yuqoriligicha qolgan.

Qotillik jinoyati Toshkent, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida, ogʻir shikast yetkazish Qashqadaryoda, nomusga tegish Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy va Qashqadaryoda, bosqinchilik Sirdaryo, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida sezilarli oshgan.

Profilaktik tadbirlar yetarli darajada olib borilmaganligi oqibatida 51 ta tuman va shaharlarda qotillik jinoyati koʻpaygan.

Rahim Sherqulov, “Xalq soʻzi onlayn”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?