Jerar Depardye Oʻzbekistonga kutilayotgan safarini intiqlik bilan kutmoqda

14:37 12 Oktyabr 2019 Madaniyat
161 0

Parijda taniqli fransuz aktyori Jerar Depardye ishtirokida film suratga olish masalalari muhokama qilindi.

10-oktyabr kuni Parij qarorgohida dunyoga mashhur fransuz aktyori Jerar Depardye va “Buyuk ipak yoʻli” nomi ostidagi loyiha ishtirokchilarining Oʻzbekiston haqida hujjatli film ishlash va uni Fransiya va Oʻzbekiston telekanallarida namoyish etish boʻyicha uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi S. Rustamboyev, “Oʻzbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov va “B-Tween Production” kompaniyasi bosh direktori Arno File ishtirok etdi. Taʼkidlash kerakki, Oʻzbekiston Turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi va “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi ham ushbu loyihaning hammmualliflari hisoblanadi.

Tomonlar film loyihasining amaliy jihatlarini muhokama qildilar. Film mualliflarining fikriga koʻra bosh qahramon Jerar Depardye butunlay yangi qiyofa orqali tomoshabinlarga Oʻzbekistonga mutlaqo yangi nuqtayi nazar taqdim etadi. Shunday qilib odatiy yoʻnalish va mashqlardan uzoqlashgan holdan film fransuz tomoshabinlari uchun Oʻzbekistonning yangi nomaʼlum yuzlarini ochish vazifasini qoʻyadi.

Shu maqsadda loyiha tashkilotchilari Oʻzbekistonning eng gʻayrioddiy va sirli joylarida suratga olish ishlarini rejalashtirishgan. Bu Amudaryo boʻyidagi noyob – OKS Iskandariyasi, Budda va Kushon yodgorliklari, masalan, Fayoztepa, Avliyo Doniyor va uchta paygʻambarlarning qabri va boshqalar.Filmda taʼlimda islom dinining roli va mohiyatiga alohida eʼtibor beriladi.

- Uchrashuvimizning Fransiya va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Parijdagi uchrashuvi yili munosabati bilan boʻlib oʻtishi ramziy maʼnoga ega, - dedi aktyor Jerar Depardye oʻz uyida mehmonlarni qabul qilar chogʻida. – Bugun Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan noyob islohotlar va ochiqlik siyosati barchaga maʼlum. Prezident Shavkat Mirziyoyev va uning islom dini ezgulik, tinchlik, bunyodkorlik va bagʻrikenglik dini ekanligini dunyoga yetkazishda qaratgan saʼy-harakatlari meni taʼsirlantirdi.

Bilasizmi, bu mening shaxsiy qarashlarimga mos keladi, chunki men islomni siyosiy va xudbin maqsadlarda ishlatib boʻlmaydi, deb hisoblayman. Filmning katta auditoriyasi boy tarixga ega, betakror tabiat, samimiy va mehmondoʻst xalq boʻlgan yangi joʻshqin Oʻzbekistonni ochish uchun berilgan imkoniyatlar meni ilhomlantirdi.

Ushbu mamlakatga safarimni sabrsizlik bilan kutyapman, - dedi film bosh qahramoni Jerar Depardye.

- Mamlakatingiz oʻzining boy madaniy va maʼnaviy merosini asrab-avaylash borasida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirmoqda. Bu tamaddunlar, imperiyalar, dinlar va madaniyatlarning uygʻunlashuvidir. Oʻzbekistonning oʻz mulkiga nisbatan bunday ehtiyotkorona munosabati tahsinga loyiq va alohida hurmatni talab etadi, - dedi u.

Shuningdek, taniqli aktyor Jerar Depardyega u yuqori baholagan “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” loyihasi taqdim etildi.

Bundan tashqari, loyiha tashkilotchilari va telekanal bosh direktori Katrin Shyofer rahbarligidagi “Paris Premiere” telekanalining top-menejerlari bilan uchrashuv oʻtkazildi va ushbu kanal orqali 2020-yil fevral-mart oylarida film namoyish etilishi borasida kelishib olindi.

Uchrashuvda bosh direktor 2020-yilning fevral-mart oylarida Jerar Depardye ishtirokida Oʻzbekiston haqidagi filmni namoyish etishga tayyor ekanligini yana bir bor maʼlum qildi va shuningdek “Paris Premiere” telekanali va OʻEOAVA oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?