Jeyms Milner Chempionlar ligasi rekordini yangiladi 

16:07 26 Aprel 2018 Sport
964 0
Foto: bingwa.co.tz 

 Angliyaning “Liverpul” futbol klubi yarim himoyachisi Jeyms Milner bir mavsum davomida golli uzatmalar soni bo’yicha Evropa Chempionlar ligasi rekordini yangiladi. 

Xabaringiz bor, 24 aprel kuni “mersisaydliklar” o’z maydonida Italiyaning “Roma” klubini 5:2 hisobida mag’lubiyatga uchratgan edi. Mazkur bahsning 69-daqiqasida Milner burchak to’pini Roberto Firminoga etkazib bergan, hujumchi esa imkoniyatdan unumli foydalanib, jamoasining beshinchi golini raqib darvozasiga yo’llagan edi.

Bu Jeymsning Chempionlar ligasining joriy mavsumidagi to’qqizinchi golli uzatmasiga aylandi. Bundan oldingi eng yuqori ko’rsatkichlar Ueyn Runi va Neymar(sakkiztadan)ga tegishli edi. 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?