JCH-2026 bir yo‘la uchta mamlakatda bo‘lib o‘tadi

16:37 13 Iyun 2018 Sport
610 0
Foto: Campeones.ua

Futbol bo‘yicha JCH-2026 musobaqasi mezbonlari aniqlandi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, AQSH, Kanada va Meksikaning jahon chempionatini o‘tkazish huquqi uchun qo‘shma arizasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) kongressidagi ovoz berish yakunlari bo‘yicha g‘alaba qozongan.

FIFAning navbatdagi Kongressida Shimoliy Amerika birlashgan arizasiga tashkilot ijroiya qo‘mitasining 67 foiz a’zosi ovoz bergan.

Ma’lumot uchun, 2026 yilgi jahon chempionatida ilk marta 48 ishtirokchi qatnashadi. Endilikda bu JCH bir yo‘la uch mamlakatda o‘tgan ilk chempionat sifatida ham tarixda qoladigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvaliga mazkur mundialni o‘tkazish huquqi uchun oltita ariza topshirilgandi, biroq FIFA kongressining hal qiluvchi tanlovi oldida ikkitasi qoldi: Marokash va AQSH, Kanada hamda Meksikaning qo‘shma arizasi.

Bunga qadar AQSHda jahon chempionati 1994 yilda o‘tkazilgan bo‘lsa, Meksika mundialga ikki bor - 1970 va 1986 yilda mezbonlik qilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?