JCH-2022 Qatardan tashqari yana ikkita mamlakatda oʻtkazilishi mumkin

18:12 12 Mart 2019 Sport
497 0

FIFA JCH-2022 ishtirokchilari soni 48 taga yetkazilsa, Qatar bilan birga turnir oʻyinlarini qabul qilishi mumkin boʻlgan 2 ta mamlakatni aniqlab oldi.

Qoʻshimcha 16 ta terma jamoa uchun Qatarda mavjud 8 ta stadiondan tashqari yana 2-4 tasi kerak boʻladi.

Shu tufayli, FIFA BAA va Saudiya Arabistonidagi 3 ta, Kuvaytdagi 2 ta, Ummon va Bahrayndagi 1 tadan stadionni oʻrganib chiqqan.

Ammo BAA, Saudiya Arabistoni va Bahraynning Qatar bilan siyosiy aloqalari yomon ekani inobatga olinsa, faqat Kuvayt va Ummon varianti qoladi. Bu haqda JCH-2022 ishtirokchilari sonini oshirish imkoniyatlarini oʻrganib chiqayotgan komissiya xulosasida keltirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Qatardagi jahon chempionatida 32ta terma jamoa ishtirok etadi. Ularning sonini oshirish haqidagi qaror shu yilning iyun oyida qabul qilinishi kerak.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?