JCH-2018. Yaponiya musobaqani g‘alaba bilan boshladi

19:04 19 Iyun 2018 Sport
684 0

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining 1-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv nihoyasiga yetdi. Unda Kolumbiya terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning boshidayoq kolumbiyaliklar bir kishi kam bo‘lib qolishdi. Karlos Sanches darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qaytarib qolgani uchun qizil kartochka bilan siylangan bo‘lsa, belgilangan penaltini Sindzi Kagava aniq amalga oshirdi.

Birinchi bo‘lim so‘ngiga yaqin Kintero hisobni tenglashtirgandi. Biroq ikkinchi bo‘limda Yuya Osako tomonidan kiritilgan gol Yaponiyaga muhim bo‘lgan g‘alabani taqdim etdi.

JCH-2018

“H” guruhi, 1-tur

Kolumbiya - Yaponiya 1:2
Gollar:
Kintero 39 - Kagava 6 (pen), Osako 73

Kolumbiya: David Ospina, Santyago Arias, Oskar Murilo, Davinson Sanches, Yoan Moxika, Karlos Sanches, Xuan Kintero (Xames Rodriges, 59), Xuan Kuadrado (Vilmar Barrios, 31), Jefferson Lerma, Xose Izkuerdo (Karlos Bakka, 70), Radamel Falkao.
Yaponiya: Eyji Kavashima, Xiroki Sakay, Maya Yosida, Gen Shodji, Yuto Nagatomo, Makoto Xasebe, Gaku Shibasaki (Xotaru Yamaguchi, 80), Takashi Inui, Sindzi Kagava (Keysuke Xonda, 70), Genki Xaraguchi, Yuya Osako (Sindzi Okazaki, 85).
Ogohlantirishlar: Barrios 64, Rodriges 86 - E.Kavashima 90+4
Chetlatish: K.Sanches (4, Kolumbiya)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?