JCH-2018. So‘nggi chorak finalchilar aniq bo‘ldi

10:20 04 Iyul 2018 Sport
1422 0
Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlar yakuniga yetdi. So‘nggi kunda yana ikki terma jamoa chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shvetsiya terma jamoasi Shveysariya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, Emil Forsberg tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi uchrashuvda esa Angliya terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi o‘yinda o‘zining uzoq yillik noxush an’anasiga barham bergan holda g‘alaba qozondi. Inglizlar shu kuni JCHda hech qachon qila olmagan ishi — penaltilar seriyasida (4:3) g‘alaba qozonib chorak finalning so‘nggi ishtirokchisi bo‘ldi.

Endilikda Shvetsiya va Angliya terma jamoalari 7 iyul kuni yarim final yo‘llanmasi uchun o‘zaro bahs olib borishadi.

JCH-2018
1/8 final

Shvetsiya - Shveysariya 1:0
Gol:
Emil Forsberg (66).

Kolumbiya - Angliya 1:1. pen: 3:4
Gollar: Yerri Mina (90+3) - Keyn (57, pen).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?