JCh-2018. Pley-offning dastlabki ikki ishtirokchisi ma’lum

10:01 21 Iyun 2018 Sport
458 0
Foto: Getty Images

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Osiyoning ikki klubi musobaqa favoritlari qatorida e’tirof etilayotgan terma jamoalarga qarshi maydonga tushdi.

A guruhida Urugvay terma jamoasi Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi maydonga tushib, Luis Suares tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g‘alaba qozonishdi. Natijada ushbu g‘alabadan keyin 6 ochko to‘plagan janubiy amerikaliklar xuddi shunday natija qayd etib turgan Rossiya terma jamoasi bilan birgalikda muddatidan oldin 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Kunning so‘nggi uchrashuvida Eron va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Qayd etib o‘tish kerak, Karlush Keyrush boshchiligidagi terma jamoa shu kuni raqibiga munosib qarshilik ko‘rsata oldi. Birgina Diyego Kosta tomonidan kiritilgan gol ispanlarga mundialdagi dastlabki uch ochkoni taqdim etdi.

B guruhida 2-turdan keyin Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari bir xil — 4 ochkodan to‘plagan holda peshqadamlik qilmoqda. Eronda 3 ochko mavjud. Birorta ham ochko jamg‘ara olmagan Marokash esa muddatidan oldin musobaqa bilan xayrlashdi.

A guruhi
Urugvay – Saudiya Arabistoni 1:0 (1:0)

Gol: Suares (23).
Urugvay: Muslera, Varela, Ximenes, Godin, Kaseres, Sanches (Nandes, 82), Vesino (Torreyra, 59), Bentankur, Rodriges (Laksalt, 59), Kavani, Suares.
Saudiya Arabistoni: Al-Ovays, Al-Breyk, Xavsaviy, Al-Bulayxi, Ash-Shahroniy, Al-Jassim (Al-Mogaui, 44), Otayf, Baxebri (Kanno, 75), Al-Faraj, Ad-Dosariy, Al-Muvallad (As-Saxlaviy, 78).

B guruhi
Eron – Ispaniya 0:1 (0:0)

Gol: Diyego Kosta (54).
Eron: Beyranvand, Rezayan, Puraliganji, Xusayni, Hojisafi (Muhammadi, 69), Ezzatollahi, Taremi, Ibrohimi, Amiri (Goddos, 86), Ansarifard (Jahonbaxsh, 74), Azmun.
Ispaniya: De Xea, Karvaxal, Pike, Ramos, Alba, Buskets, Vaskes (Asensio, 80), Silva, Inesta (Koke, 71), Isko, Diyego Kosta (Rodrigo, 89).
Ogohlantirishlar: Amiri (79), Ibrohimi (90).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?