JCH-2018. Germaniya va Braziliyaning taqdiri hal bo‘ladigan kun

16:50 27 Iyun 2018 Sport
315 0
Foto: Germaniya terma jamoasi rasmiy tvitteri

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining 3-tur o‘yinlari davom etadi. Bugun E va F guruhlarida o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.

Bugungi o‘yinlarning ahamiyatli tomoni shundaki, yakuniy natijalarga ko‘ra, Braziliya va Germaniya terma jamoalari nimchorak finaldayoq duch kelib qolishi mumkin. Buning Meksikaning mag‘lubiyatga uchramasligi kifoya qilishi mumkin.

F guruhida aynan Meksika terma jamoasi ketma-ket ikki g‘alabadan keyin keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘lib turibdi. Jamoa bugun Shvetsiyaga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramagan taqdirda, guruh g‘olibligini qo‘lga kiritishi aniq. Mag‘lubiyat esa narigi juftlikdagi o‘yin natijasini kutishga sabab bo‘lishi mumkin. Narigi juftlikda Germaniya terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi. Qizig‘i hali birorta ham ochko to‘plamagan bo‘lsada, koreyaliklarda ham imkoniyat saqlanib qolgan, Germaniya esa keyingi bosqich masalasini hal qilishi uchun, shunchaki ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishi kerak bo‘ladi.

E guruhida 4 ochko bilan yetakchilik qilayotgan Braziliya terma jamoasi Serbiyaga qarshi maydonga tushadi. Shveysariyadan uchralgan mag‘lubiyat Bolqon yarimoroli vakillarining imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. Endi jamoa yo‘llanmaga ega chiqish uchun albatta Braziliyani yengishi kerak bo‘ladi. Durang bo‘lgan holatda esa Kosta-Rikaning Shveysariyani mag‘lub etishiga umid qilishi mumkin xolos.

JCH2018

F guruhi. 3-tur
19:00 Janubiy Koreya – Germaniya
Qozon “Qozon Arena”
Bosh hakam: Mark Geyger (AQSH)

19:00 Meksika - Shvetsiya
Yekaterinburg. “Markaziy” stadioni
Bosh hakam: Nestor Pitana (Argentina)

E guruhi. 3-tur
23:00 Serbiya - Braziliya

Moskva. “Spartak” stadioni
Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)

23:00 Shveysariya – Kosta Rika
Nijniy Novgorod stadioni
Bosh hakam: Klement Tyurpen (Fransiya).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?