JCH-2018 da ishlagan ikki referi O‘zbekiston Superligasi o‘yinlarini boshqaradigan bo‘ldi

15:04 23 Iyul 2018 Sport
289 0
Foto: iranpeople.net

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi oldindagi bir qator mas’uliyatli uchrashuvlarni boshqarib borish uchun yaqindagina Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati-2018 o‘yinlarida hakamlik qilgan referilarni O‘zbekistonga taklif etdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Unga ko‘ra, 19-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Paxtakor” o‘yinini qit’amizning yetakchi referilaridan biri Navaf Shukrulla boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Yosir Halil Ibrohim Telfat hamda Navaf Shahin Halifa yordam berishadi. Ushbu hakamlar guruhi mundialda 2 ta o‘yinda ishlaganini alohida e’tirof etish joiz.

19-tur

28 iyul, shanba

“Navbahor” — “Paxtakor”

Bosh hakam: Navaf Shukrulla (Bahrayn)

Qanot hakamlari: Yosir Halil Ibrohim Telfat, Navaf Shahin Halifa (Bahrayn)

Bundan tashqari, 20-turning markaziy o‘yini – “Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvida Jahonning eng sara referilari qatoridan o‘rin egallayotgan eronlik Alirizo Fag‘oniy boshchiligidagi guruh ishlaydi. Unga qanotlarda hamyurtlari Muhammadrizo Mansuriy va Rizo Suhandon yordam berishadi. Mazkur brigada Jahon chempionati-2018da 4 ta uchrashuvda faoliyat olib bordi.

20-tur

1 avgust, chorshanba

“Paxtakor” — “Lokomotiv”

Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)

Qanot hakamlari: Muhammadrizo Mansuriy, Rizo Suhandon (Eron)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?