JCh-2018. Bugungi uchrashuvlar anonsi

13:07 19 Iyun 2018 Sport
640 0

Futbol bo‘yicha jahon chempionatida bugun navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. 1-turning so‘nggi ikki uchrashuvi va 2-turning dastlabki uchrashuvi aynan bugunga mo‘ljallangan.

N guruhida Kolumbiya terma jamoasi Osiyo qit’asi vakili Yaponiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Saranskda bo‘lib o‘tadi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida Polsha va Senegal terma jamoalari o‘zaro hisob kitob qilishadi. O‘yin Moskvadagi "Otkrыtiye Arena" (JCh vaqtida stadion "Spartak" stadioni deb ataladi) o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, bugungi kun dasturidan 2-turning dastlabki uchrashuvi ham o‘rin olgan. Birinchi turni muvaffaqiyatli boshlagan Rossiya va aksincha startni omadsiz boshlagan Misr terma jamoasi Krestovskiy orolchasida joylashgan "Sankt-Peterburg Arena"da kuch sinashadi. Agar Rossiya bu uchrashuvda ham g‘alaba qozongan taqdirda, muddatidan oldin nimchorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan dastlabki terma jamoaga aylanishi mumkin bo‘ladi.

Jahon Chempionati-2018
Bugun o‘yinlar

«H» guruhi, 1-tur
19 iyun, seshanba
Kolumbiya—Yaponiya 17:00
"Mordoviya Arena" Saransk
Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya)

Polsha—Senegal 20:00
"Spartak" stadioni, Moskva

«A» guruhi, 2-tur 
19 iyun, seshanba
Rossiya—Misr 23:00
"Sankt-Peterburg Arena"
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?