JCH-2018. Bugun yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi

16:31 20 Iyun 2018 Sport
326 0

Rossiya maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining navbatdagi kunida yana uchta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Dastlabki uchrashuvda B guruhi vakillari Portugaliya va Marokash terma jamoasi Moskvada g‘oliblik uchun kurashsa, ikkinchi uchrashuvda A guruhi vakillari Urugvay va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Mazkur uchrashuvda Lotin Amerikasi vakillari g‘alaba qozongan taqdirda guruhda bir yo‘la ikki pley-off ishtirokchisi ham aniq bo‘ladi.

Kunning so‘nggi uchrashuvda Ispaniya terma jamoasi birinchi turda sensatsiya qayd etgan Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

B guruhi
2-tur

Portugaliya - Marokash 17:00
Moskva, “Lujniki” stadioni
Bosh hakam: Mark Geyger (AQSH)

A guruhi
2-tur

Urugvay - Saudiya Arabistoni 20:00
Rostov Arena
Bosh hakam: Kleman Tyurpen (Fransiya)

B guruhi
2-tur

Eron - Ispaniya
Saransk, Mordoviya Arena


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?