JCh-2018. 3-tur boshlanmoqda. Ermatov yana rekordini yangilaydi

13:03 25 Iyun 2018 Sport
665 0
Foto: rsport.ria.ru

Futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi. Bugundan boshlab musobaqaning guruh bosqich so‘nggi tur uchrashuvlari boshlanadi.

A guruhida Rossiya va Urugvay terma jamoalari guruh g‘olibligi uchun maydonga tushishsa, pley-off yo‘llanmasidan mahrum bo‘lib ulgurgan Misr va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘z muxlislari, shuningdek, guruhda hech bo‘lmasa uchinchi o‘ringa kim munosib ekanligini aniqlash maqsadida maydonda saf tortishadi.

Kunning ikkinchi qismida B guruhi vakillari o‘yinlarini o‘tkazishadi. Dastlabki guruhdan farqli ravishda bu yerda ikkala uchrashuvning ham ahamiyati yuqori. Hattoki biz uchun ham. Birinchidan o‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov o‘zining Rossiya mundialidagi ikkinchi, umumiy 11-uchrashuvida bosh hakamlik qiladi va o‘ziga tegishli rekordni yana yangilaydi. Ermatov Ispaniya va Marokash terma jamoalari uchrashuviga tayinlangan. Ispanlar bu o‘yindagi g‘alaba evaziga guruh g‘olibligini qo‘lga kiritishi mumkin.

Ikkinchi uchrashuvda esa Portugaliya va Eron terma jamoalari o‘zaro yo‘llanma taqdirini hal qilishadi. G‘olib tomon kurashni davom ettiradi. Lekin Portugaliyani bu uchrashuvda durang ham qanoatlantirishi mumkin.

E’tiborli jihati, 3-tur har bir guruhlardagi juftliklar uchrashuvlari bir vaqtda boshlanadi.

JCh-2018
A guruhi. 3-tur
Urugvay - Rossiya 19:00

Samara. Kosmos Arena
Bosh hakam: Malang Didiyu (Senegal)

Saudiya Arabistoni - Misr 19:00
Volgograd. Volgograd Arena
Bosh hakam: Vilmar Roldan (Kolumbiya)

B guruhi. 3-tur
Eron - Portugaliya 23:00

Saransk. Mordoviya Arena
Bosh hakam: Enrike Kaseres (Paragvay)

Ispaniya - Marokash 23:00
Kaliningrad. Kaliningrad stadioni
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston)
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?