JCH-2018. 1/8 finalning dastlabki ikki juftligi ma’lum

10:47 26 Iyun 2018 Sport
1095 0

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining uchinchi tur uchrashuvlari boshlandi. Kecha ikkita guruhda nimchorak final ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.

A guruhida Rossiya terma jamoasi Urugvayga qarshi uchrashuvda 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Natijada urugvayliklar guruhda birinchi o‘rinni egallashgan bo‘lsa, Rossiya ikkinchi o‘rin bilan cheklandi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida Saudiya Misr ustidan g‘alaba qozondi.

B guruhida vaziyat haqiqiy dramatik tus oldi. So‘nggi soniyalargacha ikki yo‘llanma kimga nasib etishi noma’lum bo‘lib turgandi. Ispaniya terma jamoasi qo‘shimcha daqiqalarda hisobni tenglashtirdi. Ravshan Ermatov bu vaziyatda videoassistentlar xizmatiga murojaat qildi. Natijada Ispaniya Marokash bilan durang o‘ynab guruh g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Chunki ikkinchi uchrashuvda Eron va Portugaliya terma jamoasi ham o‘zaro durang o‘ynadi. Natijada Portugaliya 5 ochko bilan guruhda ikkinchi bo‘ldi.

JCH-2018
A guruhi

Urugvay – Rossiya 3:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 10 Suares, 2:0 – 23, avtogol Cherishev, 3:0 – 90 Kavani.
Urugvay: Muslera, Kaseres, Koates, Godin, Laksalt, Torreyra, Nandes (Rodriges, 73), Vesino, Bentankur (de Arraskaeta, 63), Kavani (Maksi Gomes, 90), Suares.
Rossiya: Akinfeyev, Smolnikov, Kutepov, Ignashevich, Kudryashov, Zobnin, Gazinskiy (Kuzyayev, 46), Samedov, Miranchuk (Smolov, 60), Cherishev (Fernandes, 38), Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Gazinskiy (9), Smolnikov (28), Bentankur (59).
Chetlatish: Smolnikov (36).

Saudiya Arabistoni – Misr 2:1 (1:1)
Gollar: 0:1 – 22 Saloh, 1:1 – 45, penalti Al-Faraj, 2:1 – 90 Ad-Dosari.
Saudiya Arabistoni: Al-Mosaylem, Al-Breyk, Havsavi, Havsaai, Al-Shahrani, Otayf, Baxebri (Asseri, 65), Al-Mogaui, Al-Faraj, Ad-Dosari, Al-Muvallad (Ash-Shexri, 79).
Misr: El-Hadari, Fatxi, Gabr, Hegazi, Abdel-Shafi, En-Nenni, Hamed, Es-Said (Uarda, 45), Saloh, Trezege (Kaxraba, 81), Moxsen (Sobxi, 64).
Ogohlantirishlar: Gabr (45), Fatxi (86).

V guruhi

Ispaniya – Marokash 2:2 (1:1)
Gollar: 0:1 – 14 Butaib, 1:1 – 19 Isko, 1:2 – 81 En-Nesiri, 2:2 – 90+3 Aspas.
Ispaniya: De Xea, Karvaxal, Pike, Ramos, Alba, Alkantara (Asensio, 74), Buskets, Inyesta, Silva (Rodrigo, 84), Diyego Kosta (Aspas, 74), Isko.
Marokash: Moxamedi, Dirar, da Koshta, Saiss, Xakimi, El-Axmadi, Amrabat, Bussufa, Belxanda (Fajr, 63), Ziyesh (Buxadduz, 85), Butaib (En-Nesiri, 71).
Ogohlantirishlar: El-Axmadi (21), Amrabat (29), Bussufa (31), da Koshta (31), Moxamedi (89), Xakimi (90).

Iran – Portugaliya 1:1 (0:1)
Gollar: 0:1 – 45 Kuarejma, 1:1 – 90+3, penalti Ansarifard.
Iran: Beyranvand, Rezayan, Puraligandji, Hussayni, Hojisafi (Muhammadi, 56), Ezzatollahi (Ansarifard, 76), Jahonbaxsh (Goddos, 70), Ebraximi, Amiri, Taremi, Azmun.
Portugaliya: Ruy Patrisiu, Soaresh, Pepe, Fonte, Gerreyru, Kuarejma (Bernardu Silva, 70), Adriyen Silva, Vilyam Karvalyu, Joau Mariu (Moutinyu, 84), Andre Silva (Gonsalu Gedesh, 90), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Gerreyru (33), Hojisafi (52), Azmun (54), Kuarejma (64), Ronaldu (83), Soaresh (90).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?