Javobgarlikdan ozod qilish muddatlari qisqartirildi
Jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish muddatlari qisqartrildi
Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida senatorlar “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ma’qulladi.
Mazkur masala yuzasidan ma’ruza qilgan Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi B. Matmurodov qonun 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan ishlab chiqilganini ta’kidladi, deb yozmoqda O‘zA.
Qonun bilan ko‘plab qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
2017-2021 yillarda Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko‘rsatilganidek, jinoiy javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish muddatlari qisqartirildi.
Unga ko‘ra, agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar:a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – ikki yil;b) uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – to‘rt yil; v) og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab - sakkiz yil; g) o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab – o‘n to‘rt yil o‘tib ketgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.
Agar ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o‘n yil, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Jinoiy tajovuzdan jabrlangan shaxslar huquqlari himoyasini amalda ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi organlar mansabdor shaxslarining mas’uliyatini oshirish maqsadida jinoyatni hisobdan olishdan qasddan yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirildi.
Ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, 1 ta konstitutsiyaviy qonuniga, 11 ta kodeksiga, 68 ta qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1 ta qaroriga o‘zgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi 84 moddadan iborat.
Qonunlarga kiritilgan yuqoridagi kabi va boshqa yangiliklar, o‘zgartish va qo‘shimchalar bugungi kun talablaridan kelib chiqib, jamiyat va davlat rivojlanishining eng dolzarb masalalarini qamrab olgan.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonlik mashhur bokschi qonidan doping topilgan
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- GM Uzbekistan nomi oʻzgaradi
- Oʻzbekistonda Captiva oʻrniga ikki turdagi yangi avtomobillar ishlab chiqariladi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: