Jarohat-ku bitib ketar, ammo...

19:00 08 Yanvar 2019 Jamiyat
894 0

Illyustrativ foto

Kecha Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida yashovchi G.I. (ismli ayol) uyida mehmonda boʻlgan tanishi J.B.ga mast holda oʻzaro janjal sababli pichoq bilan jarohat yetkazgan. Natijada J.B. kasalxonaga yotqizilgan, G.I. esa qoʻlga olingan.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi maʼlum qildi.

Shuningdek, 2019 yil 5 yanvar kuni Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashovchi A.T. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani, Mustaqillik koʻchasida oʻzaro janjal tufayli “Kishmishtepa” MFYda yashovchi 19 yoshli I.E.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Oqibatda I.E. kasalxonaga, A.T. qamoqxonaga ravona boʻlgan.

Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?