Jarimachi Yigitali va Azamat, qoidabuzar Alisher va tartibli Muhammad Iso. Aktyorlar necha marotaba haydovchilik guvohnomasini oldirib qo‘ygan?

16:00 24 Iyul 2018 Madaniyat
682 0

"Daryo" internet nashri kino olamidagi aktyorlarning necha marotaba haydovchilik guvohnomasini oldirib qo‘ygani, necha yildan buyon mashina boshqarayotgani va shu vaqtgacha necha so‘m jarima to‘lagani bilan qiziqdi.

Foto: instagram


To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, qirq yoshni to‘ldirganda haydovchilik guvohnomasini olganman. Mashina boshqarayotganimga sakkiz yil bo‘ldi. Juda ham tartibli haydovchi bo‘lganim sababli biror marta ham haydovchilik guvohnomamni oldirganim yo‘q.
Muhammad Iso Abdulxayirov, aktyor

 

Foto: instagram

2016-yil haydovchilik guvohnomasini olganman. Shu vaqtga qadar bir marotaba qoida buzib, jarima to‘laganman.
Alisher Uzoqov, aktyor va rejissor

 

Foto: instagram


Hozir aniq esimda yo‘q, ammo shu vaqtga qadar uch bora haydovchilik guvohnomamni oldirib qo‘yganman. Adashmasam 400 ming so‘mcha jarima ham to‘laganman.
Yigitali Mamajonov, aktyor  

Foto: instagram


18 yoshimda haydovchilik guvohnomasini olganman. Ochig‘i, juda ko‘p marotaba haydovchilik guvohnomamni oldirganim uchun to‘lagan jarimalarimning qiymati ham esimda qolmagan. Ko‘p hollarda YPX xodimlarining nohaqligiga uchrab turganim boisdan ham shunday bo‘lgan.
Azamat Ahrorov, aktyor va rejissor


 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?