Jarima maydonchasida saqlanayotgan 45 ta avtomobil yonib ketdi

12:28 16 Iyul 2018 Dunyo
796 0
Foto: Liter.kz

Kuni kecha Qozog‘istonning Chimkent shahridagi avtomobillarga mo‘ljallangan jarima maydonchasida kuchli yong‘in sodir bo‘lishi oqibatida 45 ta transport vositasi yonib ketgan. Bundan tashqari uning yaqinida joylashgan mebel sexi ham zararlangan.

Bu haqda Tengrinews.kz manbasi xabar berdi. Favqulodda vaziyatlar idorasining ma’lum qilishicha, avvaliga KamAZ rusumidagi mashina yonib, undagi olov boshqa avtomobillarga, so‘ngra mebel sexi tomiga o‘tgan.

Tilsiz yov ikki soat mobaynida 76 o‘t o‘chiruvchi va 17 ta ixtisoslashtirilgan texnika yordamida bartaraf etildi.

Biroq o‘tgan vaqt ichida utilizatsiyaga mo‘ljallangan 35 ta va haydovchilari jarimaga tortilgan 10 ta avtomobil yonib bo‘lgan edi.

Yong‘in maydoni 294 kvadrat metrni tashkil qildi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?