Janubiy Koreyaning taniqli kompaniyasi ob-havoni aniqlash sohasida Oʻzbekiston bilan hamkorlik qiladi

Illyustrativ foto
Yaqinda yurtimizga Koreya Respublikasining WeatherRia So., Ltd. konsalting kompaniyasi hamda KEITI Koreya ekologik industrial va texnologik instituti vakillari bilan hamkorlikdagi faoliyati doirasida xalqaro ekspertlar tashrif buyurdilar. Bu haqda Oʻzgidromet matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrifning maqsadi “Oʻzbekistonda suv resurslari taʼminoti uchun qor qoplami sathini oʻlchashning koʻp nuqtali lazerli skanerlash usulini ishlab chiqish” loyihasini amalga oshirish doirasida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish va yaqin kelajakda hamkorlik istiqbollarini belgilashdan iborat.
Xalqaro ekspertlar Oʻzbekistonga tashriflari doirasida Oʻzgidrometning rahbarlari va texnik mutaxassislari bilan uchrashdilar, loyihaning bajarilishini muhokamat qildilar.
Eslatib oʻtamiz, WeatherRia So., Ltd. Koreya meteorologik maʼmuriyati litsenziyasiga ega yagona kompaniya boʻlib, Koreya gidrometeorologik xizmatini modernizatsiyalash va takomillashtirishda faol ishtirok etadi. Kompaniya dunyoda birinchi qor qoplami sathini koʻp nuqtali avtomatik lazerli oʻlchagichni ishlab chiqdi. Oʻzgidromet 2018-yildan beri WeatherRia So., Ltd. konsalting kompaniyasi hamda KEITI bilan hamkorlikda kuzatuv tizimlarini modernizatsiyalash loyihasini amalga oshirib kelmoqda.
Shuningdek, tashrif doirasida mehmonlar markaz xodimlari bilan birgalikda Qamchiq va Chimyon qor koʻchki stansiyalariga bundan avval oʻrnatilgan oʻlchov tizimlarini tekshirish hamda yangi liniya oʻrnatish uchun chiqdilar.
Qor qoplami sathinining avtomatik oʻlchagichlari prognozlar sifatini oshirish, maʼlumotlarni yigʻish va uzatish tezkorligi, shuningdek, haqiqiy vaqt rejimida kuzatuvlar aniqligini yaxshilash imkonini beradi.
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yana bir yangi yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Narxi 270 mln. soʻmdan boshlanadi (FOTO)
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- Fargʻonada benzinning narxi oʻn ming soʻmga chiqib ketdi. Savdo faqat naqd pulda amalga oshirilmoqda
- “Rossiyskaya gazeta”: “Sharqiy ekspress”. Yoxud Oʻzbekistonda kadrlar siyosati va turizm infratuzilmasi qay ahvolda? Mutasaddilar javob berdi
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: