Janubiy Koreyaning mashhur brendi oʻzbekistonlik sportchilar uchun forma kolleksiyasini yaratadi

14:59 28 Mart 2019 Jamiyat
372 0

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasi Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif buyurdi. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.

Safar chogʻida vakillarimiz Youngone Corporation kompaniyasi rahbari Sung Kixak bilan uchrashishdi.

Janubiy Koreyaning mazkur kompaniyasi The North Face brendi ostidagi mahsulotlari bilan mashhur.

Muzokaralar chogʻida tomonlar toʻqimachilik tarmogʻi boʻyicha istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Yakunda muhim kelishuvga erishildi. Unga koʻra, koreys tomoni qishki sport turlari boʻyicha milliy terma jamoamiz uchun oʻzbek brendi ostida sport formasi kolleksiyalarini ishlab chiqishga koʻmak beradi.

Eslatib oʻtamiz, Janubiy Koreyaning ushbu kompaniyasining asosiy faoliyati ustki kiyimlar, poyabzal va sumkalar ishlab chiqarib, sotish hisoblanadi. Uning umumiy aktivlari hajmi 2 milliard AQSH dollariga teng. Youngone Corporation shoʻba korxonalari orqali poliester tolasi va sintetik matolarni qoʻllagan holda eng yangi materiallarni ishlab chiqarish hamda tarqatish bilan shugʻullanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?