Janubiy Koreyaning yirik kompaniyasi ko‘magida onlayn rejimdagi hisoblagichlar ishlab chiqariladi

17:47 31 Iyul 2018 Jamiyat
240 0

Illyustrativ foto

Ayni paytda “O‘zeltexsanoat” AK Boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi A. Abdullayev hamda Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari S. Xabibullayev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Janubiy Koreyada yirik investorlar bilan muzokaralar olib borishmoqda.

Kompaniya Axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, delegatsiya 31 iyul – 3avgust kunlari ushbu mamlakatda xizmat safarida bo‘ladi. Uning doirasida yirik elektrotexnika sanoati korxonalari rahbarlari, investorlar bilan uchrashish, ularning ishlab chiqarish salohiyati bilan yaqindan tanishish hamda o‘zaro manfaatli kelishuvlarga erishish mo‘ljallanmoqda.

Xizmat safarining dastlabki kunida onlayn rejimdagi issiq va sovuq suv hisoblagichlari ishlab chiqaruvchi “PSTech” korxonasi vakillari bilan uchrashib, istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Aytish joizki, “PSTech” korxonasi Janubiy Koreyadagi yirik kompaniyalaridan biri hisoblangan “Dongho Cosmo” kompaniyasining doimiy hamkori sanaladi. Hozirgi paytda ushbu kompaniya bilan yurtimizda hamkorlik munosabatlari boshlab yuborilgan. Ya’ni bu yerda ishlab chiqarilgan qurilmalar Toshkent shahridagi 18 ta xonadonda dastlabki sinov tariqasida o‘rnatildi. Agar ushbu tajriba muvaffaqiyatli yakunlansa, yangi istiqbolli qo‘shma loyiha amaliyotga joriy etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?