Janubiy Koreyaning 10-prezidenti Li Myon Bak 17 yilga qamaldi

17:50 20 Fevral 2020 Siyosat
337 0

Fotо: AFP

19-fevral kuni Seul Oliy sudi Janubiy Koreyaning 10-prezidenti Li Myon Bakni 17 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. U katta miqdorda pora olishda aybdor deb topildi.

Korrupsiyada ayblangan sobiq prezident 2018-yil 5-oktyabrda hibsga olingandi. U qamoqda bir yil oʻtirgach salomatligi yomonlashgani bois garov evaziga ozodlikka chiqarilgandi, ammo sud 2020-yil 19-fevral kuni sobiq prezidenti yana 17 yilga ozodlikdan mahrum etish boʻyicha hukm chiqardi.

Janubiy Koreyani 2008-2013-yillar davomida boshqargan Li Myon Bak akasiga tegishli boʻlgan DAS korxonasining asl egasi ekanligi aytilgan holda kompaniyani rivojlantirishda prezidentlik vakolatini suiisteʼmol qilganlikda aybdor deb topildi. Shuningdek, sobiq prezident hujjatlarda avto ehtiyot qismlari sotish bilan shugʻullangani aytilgan, aslida esa kompaniya hisob raqamidan yirik korporatsiyalar, xususan “Samsung Electronics”dan pora undirish uchun ishlatilgan DAS kompaniyasi bilan aloqadorlikda ayblangan.

Ayni vaqtda 78 yoshda boʻlgan Li Myon Bak 17 yil qamoqda oʻtirishdan tashqari 15,7 million dollar miqdorida jarima ham toʻlashi kerak.

Sobiq prezidentga qoʻyilgan ayblovlar 16 banddan iborat. Ular orasida soliqlardan qochish va razvedka tashkilotlarining maxfiy operatsiyalari uchun ajratilgan puldan 9,3 million dollarni oʻzlashtirganlik kabi ayblovlar ham bor.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?