Janubiy Koreyaga 14 nafar fuqaro joʻnab ketdi

16:35 09 Oktyabr 2020 Jamiyat
193 0

Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat taʼtili olib Oʻzbekistonga kelgan koʻplab fuqarolar pandemiya sababli mamlakatlar oʻrtasida aviaqatnovlarning vaqtincha toʻxtatilishi oqibatida ish joyiga qaytib keta olmayotgan edi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Koreya Respublikasining Inson resurslarini rivojlantirish xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ushbu fuqarolardan 14 nafari "Toshkent —Istanbul — Seul" tranzit aviareysi orqali uchib ketdi.

Joriy yil 8-oktyabr kuni 22 nafar fuqaroning Koreya Respublikasi talabiga koʻra ushbu mamlakat elchixonasi tomonidan tavsiya qilingan “Korean No 1 Laboratory” xususiy tibbiyot muassasasidan koronavirus infeksiyasiga testdan oʻtishi tashkillashtirildi. Ulardan 8 tasida koronavirus infeksiyasi aniqlangani sababli Janubiy Koreyaga ketish uchun ruxsat berilmadi.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, mazkur 14 nafar fuqaro 13-iyulda Janubiy Koreyadagi ish joyiga joʻnab ketishi rejalashtirilgan boʻlib, biroq Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi epidemiologik vaziyatni keskinlashganligi sababli qoldirilgan edi.

Pandemiya davrida Koreya Respublikasiga kirib borish uchun ruxsat olish rozilik bitimini toʻldirishdan oldin karantinda saqlash joyini ish beruvchi bilan aniqlashtirish hamda rozilik bitimiga haqqoniy maʼlumotlarni kiritish, karantin joyi korxona joylashgan hududda boʻlishi lozim. Ish beruvchining mehnat migrantini chaqirish haqidagi rozilik xati qoʻllab-quvvatlanadi.

Notoʻgʻri berilgan maʼlumotlar, Oʻzbekistondagi turli toʻlovlardagi qarzdorliklar fuqaroning Koreya Respublikasiga kirib borolmasligiga hamda ushbu mamlakat hududiga kirish uchun taqiq qoʻyilishiga sabab boʻlishi mumkin.

Maʼlumotlarga koʻra, Koreya Respublikasida ishlash vaqtida mehnat taʼtili olib Oʻzbekistonga kelgan baʼzi fuqarolar Turkiya va boshqa davlatlar orqali Koreya Respublikasidagi ish joyiga borishga harakat qilgan va ular ushbu davlat aeroportidan Oʻzbekistonga qaytarilgan. Fuqarolardan ushbu holatga oʻxshash tavakkalchiliklarni qilmasliklarini maslahat beramiz.

Mazkur 14 nafar fuqaro Koreya Respublikasiga yetib borgach koronavirus infeksiyasi uchun yana test topshiradi. Test natijalari Koreya Respublikasiga ishlash uchun ketuvchilarning navbatdagi oqimiga taʼsir qilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?