Janubiy Koreyada ishlayotgan yana bir oʻzbekistonlik binoning yuqori qavatidan yiqilib tushdi

18:22 31 May 2019 Jamiyat
297 0

Mamlakatimizning Seul shahridagi Elchixonasi bergan maʼlumotlarga koʻra 2019-yil 29-may kuni Oʻzbekiston fuqarosi Alisher Jovliyev qurilayotgan binoning yuqori qavatidan tushib ketgan va ogʻir ahvolda “Kangvon” universiteti kasalxonasiga olib borilgan.

Jabrlanuvchi Koreya Respublikasiga 20-may kuni Chunchon shahridagi “Kyongin” universitetining til oʻrganish kursida oʻqish uchun kelgan va pul ishlash maqsadida jismoniy mehnat bilan shugʻullangan.

Diplomatik vakolatxona vaziyatni nazoratga olgan, ish beruvchi va vatandoshimiz davolanayotgan kasalxona rahbariyati bilan aloqa oʻrnatgan. Ish beruvchi tashkilot tashkiliy masalalarni hal qilish va davolanish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga tayyorligini bildirgan.

Koreya Respublikasining tegishli xizmatlari tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?