Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasida yana yuqori darajadagi muzokaralar o‘tkaziladi

13:45 15 May 2018 Dunyo
165 0
Foto: nuz.uz

2018 yil 16 may kuni, ya’ni ertaga Janubiy Koreya respublikasi va KXDR o‘rtasida yuqori darajadagi navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Manzil – demilitatsiya qilingan Pxanmunjom chegara punkti. Bu haqda “Yonxap” axborot agentligi xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur sammitda Pxenyandan hukumat, sport va iqisodiyot, OAV vakillaridan iborat 29 kishi tashrif buyuradi. Delegatsiyaga Shimoliy Koreyaning tinch yo‘l bilan birlashish qo‘mitasi raisi Ri Son Gvon rahbar bo‘ladi.

Janubiy Koreya tomonidan delegatsiyaga esa birlashish vaziri Cho Myon Gyon boshchilik qiladi. 

Tomonlar shu yil aprel oyida ikki davlat yetakchilari o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish odimlarini muhokama qiladi.

Xabaringiz bor,joriy yil 27 aprel kuni Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In KXDR rahbari Kim Chen In bilan qo‘shma deklaratsiya imzolashi barobarida, yarim orolda tinchlikka erishish hamda o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga oid chora-tadbirlarni muhokama qilgandi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?