Janubiy Koreya universiteti professori O‘zbekiston stomatologiyasidagi eng asosiy muammoni ma’lum qildi 

17:15 04 May 2018 Jamiyat
792 0
Foto: elbloginfantil.com

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Toshkent davlat stomatologiya instituti hamkorligida II Xalqaro stomatologlar kongressi tashkil etildi.

Unda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, magistrlar, amaliyot shifokorlari, shuningdek, Germaniya, Janubiy Koreya, Belgiya, Rossiya, Germaniya, Gruziya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston singari davlatlardan sohaning yetakchi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Kongressda magistrlar, yosh mutaxassislar va amaliyot shifokorlarining tajribasini oshirishga, amaliyot uslublari, eng zamonaviy ta’lim texnologiyalari hamda ta’lim dasturlarini keng joriy etishga e'tibor qaratildi. 

— O‘zbekistonga kelib turaman, — deydi Janubiy Koreyaning Yonsey universtiteti professori Elbert de Yozzelin de Yong. — Mamlakatingizda tibbiyot sohasiga qaratilayotgan islohotlar natijalarining guvohiman. Mutaxassislarga, ularning kasb ko‘nikmalarini jahon standartlari darajasiga ko‘tarishga e’tibor yuqori. Nazarimda, bolalar stomatologiyasiga ko‘proq ahamiyat berish kerak. Negaki, bolaligidan og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga e’tibor berilsa, ko‘plab xastaliklarning oldi olinadi. 

Ikki kun davom etgan kongresda ishtirokchilar xalqaro tajribaga ega olimlar tomonidan tishlarni kosmetik tiklash (restavratsiya), parodontologiya, ortodontiya va implantologiya sohalaridagi mahorat darslaridan bahramand bo‘lishdi. 

Shuningdek, tadbir doirasida stomatalogiya jihozlari va xizmat turlariga oid ko‘rgazma ham tashkil etildi. 

Mavjuda XOLMATOVA.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?