Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaga koronavirus bilan kurashish uchun birlashishni taklif qildi

21:55 31 Iyul 2020 Dunyo
214 0

Janubiy va Shimoliy Koreya birlashuvi vaziri Li In Yon koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun Seul Pxenyan bilan hamkorlikka tayyor ekanini maʼlum qildi. Bu haqda «Yonxap» agentligi xabar berdi.

Janubiy Koreyalik siyosatchi ikki davlat oʻrtasida joylashgan Keson shahrida infeksiya paydo boʻlishidan xavotirda ekanligini bildirdi.

“Hammasidan koʻproq men Shimoliy Koreya aholisi salomatligidan xavotirdaman, infeksiya sababli odamlarning hayoti yana-da ogʻirlashishi mumkin”, dedi vazir.

Li In Yonning fikricha, Seul va Pxenyan nafaqat Keson masalasida, balki Shimoliy Koreyaning boshqa nuqtasida ham hamkorlik qilishi zarur. U COVID-19 bilan kurash olib borish uchun ikkala mamlakatning birlashishini taklif qildi.

Eslatib oʻtamiz, 26-iyul kuni Shimoliy Koreyada dastlabki koronavirus infeksiyasiga chalinish gumoni haqida xabar chiqdi. Kasallangan deb gumon qilingan shaxs Janubiy Koreyadan Shimoliy Koreyaga noqonuniy yoʻl bilan kirib kelgan va Keson shahrida boʻlgan. Ayni vaqtda u qattiq karantinda saqlanmoqda, u bilan muloqotda boʻlgan odamlar aniqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?