Janubiy Koreya Prezidenti sammit haqida: “Men ham tunni bedor o‘tkazdim”

11:43 12 Iyun 2018 Dunyo
688 0
Foto: РИА Новости

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In KXDR va AQSH rahbarlari o‘rtasidagi sammitni kutib tun bo‘yi uxlamaganini aytib o‘tdi.

“O‘ylashimcha, xalqimizning butun diqqat-e’tibori Singapurdagi voqealarga qaratildi. Men ham tunni bedor o‘tkazdim”, deydi u.

Mun Chje In sammitning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini Seuldagi qarorgohida yordamchilari bilan birga kuzatib borgan. Buning uchun hatto majlislaridan birini kechiktirgan ham.

“Hamyurtlarim bilan birgalikda chin dildan umid qilamanki, uchrashuv to‘liq denuklerizatsiya qilish, Janubiy Koreya, Shimoliy Koreya va AQSH o‘rtasidagi tinchlik hamda munosabatlarda yangi bosqichni boshlab beradi”, deya ta’kidladi Janubiy Koreya Prezidenti.

Mun Chje Inning fikricha, sammit muvaffaqiyati Koreya yarim orolini yadrosiz maqomga erishishi va mintaqada mustahkam tinchlikni o‘rnatishdek maqsadni ro‘yobga chiqarishdek uzoq jarayonning boshlanishidir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?