Janubiy Koreya kompaniyasi Tashkent City‘ga 50 mln dollarlik investitsiya kiritadi

10:57 16 Avgust 2018 Jamiyat
440 0
Foto: Tashkent City

Tashkent City XIM direksiyasi va Janubiy Koreyaning Bomi Engineering&Construction Co Ltd ixtisoslashgan qurilish kompaniyasi 15 avgust kuni investitsiya shartnomasini imzoladi. Bu haqda UzDaily nashri xabar tarqatdi.

Bomi Engineering&Construction Co Ltd kompaniyasi Tashkent City XIMning yangi investoriga aylandi va ofis binosini quradi. Koreya kompaniyasi ushbu loyihaga $50 mln yo‘naltiradi.

Kompaniya 2021 yilda ko‘p qavatli ofis binosini qurishni yakunlash niyatida.

O‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha muzokaralar 2017 yilning dekabr oyida O‘zbekiston prezidentining Janubiy Koreyaga tashrifidan so‘ng boshlandi.

Ushbu loyiha barcha xonalar “aqlli” texnologiyalar bilan jihozlanishi va “A” sinfiga mos kelishini nazarda tutadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?