Janubiy Koreya kompaniyasi elektromobil qismlarini ishlab chiqarish bo‘yicha platformasini O‘zbekistonga eksport qilmoqchi

09:43 01 Avgust 2018 Jamiyat
296 0
Foto: POSCO

Janubiy Koreyaning POSCO kompaniyasi O‘zbekistonga va Kosta-Rika davlatlari uchun o‘zining elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha platformasini eksport qilmoqchi. Bu haqda kompaniya press-relizida ma’lum qilingan.

Qayd qilinishicha, kompaniya 30 iyuldan boshlab elektromobillar shassisi, kuzov romlari va dvigatellar uchun yengil po‘lat plastinalar va buyumlar ishlab chiqarish quvvatini oshirmoqda. Uning filiallari — POSCO Chemtech va POSCO ICT esa batareya materiallari va zaryadlash infratuzilmasi ustida ish olib bormoqda.

POSCO kompaniya rahbari Choy Jung Vu korporatsiyaning energiyani saqlash uchun materiallar bo‘yicha dunyo bozoridagi ulushini 2030 yilgacha 20 foizga yetkazish haqida va’da bergan. Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ishlar aynan mana shu va’da berilgan maqsad sari harakatning boshlanishi sifatida qaralmoqda.

Ma’lumot uchun, POSCO kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Giga Steel o‘ta mustahkam po‘latidan Toyota, Volkswagen va General Motors kabi turli jahonga mashhur avtomobilsozlik brendlari foydalanib keladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?