Jangarilar yuzlab o‘qotar qurollar va 26 ta tankni hukumatga topshirdi

14:26 16 Iyul 2018 Dunyo
459 0
Foto: ria.ru

Suriyada yarashuv jarayoni doirasida Der’a muzofotidagi jangarilar yuzlab o‘qotar qurollar va 26 ta tankni hukumat qo‘shinlari topshirdi.

Bu haqda Suriyadagi qarama qarshi tomonlarni yarashtirish bo‘yicha markazi vakili ma’lumotiga tayanib TASS xabar berdi. Unga ko‘ra, Busra, Anxul, Der’a, Tafas va Nasib aholi yashash punktlarida qariyb 300 ta avtomat va pulemyot, 30dan ortiq minomyot, tankka qarshi raketa va granatomyotlar, 21 ta T-21 va beshta T-72 tanki topshirilgan.

Ayni paytda bu boradagi, eng avvalo, og‘ir texnikalarni qaytarib olish bo‘yicha jarayonlar davom ettirilyapti. Markaz vakilining aytishicha, jangarilarning ko‘plab dala qo‘mondonlari bundan keyin qurolli kurash olib borish foydasiz ekanligini tushunib, odamlar hayotini, shaharlarni vayron bo‘lishdan saqlab qolish bo‘yicha to‘g‘ri qaror qabul qilmoqda.

Olingan qurol-yarog‘ va texnika vositalari muhandislar tomonidan tegishli parametr hamda talablarga javob beradi deb topilsa, hukumat qo‘shinlari tasarrufiga beriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?