Jamshid Qoʻchqorov Markaziy va sharqiy Yevropa mintaqasi boʻyicha 2019-yilning eng yaxshi moliya vaziri deb topildi

13:59 21 Oktyabr 2019 Iqtisodiyot
415 0

Mamlakatimizning AQSHdagi elchixonasi xabariga koʻra, kuni kecha Vashingtondagi Milliy matbuot markazida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki tomonidan tashkil etilgan yillik anjumanda Jamshid Qoʻchqorov nufuzli “Global Markets” nashri versiyasi boʻyicha “Markaziy va sharqiy Yevropa mintaqasida 2019-yil moliya vaziri“ deb topildi. Forumda ushbu mukofot tantanali tarzda topshirildi.

Maʼlumot uchun, “Global Markets” Jahon banki, Milliy valyuta jamgʻarmasi, Osiyo taraqqiyot banki kabi yirik moliya muassasalarining yillik anjumani rasmiy nashri hisoblanadi.

Tadbirda 120dan ziyod chet ellik delegatlar ishtirok etdi. Turkiya, Ukraina, Indoneziya, Filippin, Braziliya, Meksika, Chili, Misr, Tunis, Keniya kabi davlat vakillariga shu kabi mukofotlar nasib etdi.

“Sobiq ittifoq respublikalarida saqlanib qolgan koʻp yillik cheklovlardan soʻng, islohotchi Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat valyuta bozorini liberallashtirish, savdo munosabatlarida cheklovlarni kamaytirish va mamlakatni xalqaro obligatsiya bozoridagi ilk debyutini taʼminlashni munosib ravishda amaldagi moliya vaziri J.Qoʻchqorovga ishonib topshirdi”, deb yozadi “Global Markets”.

Ayni chogʻda unda Qoʻchqorov oʻz faoliyatida nafaqat mamlakat iqtisodiy liberallashuvida, balki, jahon iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgani eʼtirof etilgan.Mamlakatimizning AQSHdagi elchixonasi xabariga koʻra, kuni kecha Vashingtondagi Milliy matbuot markazida Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va Jahon banki tomonidan tashkil etilgan yillik anjumanda Jamshid Qoʻchqorov nufuzli “Global Markets” nashri versiyasi boʻyicha “Markaziy va sharqiy Yevropa mintaqasida 2019-yil moliya vaziri“ deb topildi. Forumda ushbu mukofot tantanali tarzda topshirildi.

Maʼlumot uchun, “Global Markets” Jahon banki, Milliy valyuta jamgʻarmasi, Osiyo taraqqiyot banki kabi yirik moliya muassasalarining yillik anjumani rasmiy nashri hisoblanadi.

Tadbirda 120dan ziyod chet ellik delegatlar ishtirok etdi. Turkiya, Ukraina, Indoneziya, Filippin, Braziliya, Meksika, Chili, Misr, Tunis, Keniya kabi davlat vakillariga shu kabi mukofotlar nasib etdi.

“Sobiq ittifoq respublikalarida saqlanib qolgan koʻp yillik cheklovlardan soʻng, islohotchi Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat valyuta bozorini liberallashtirish, savdo munosabatlarida cheklovlarni kamaytirish va mamlakatni xalqaro obligatsiya bozoridagi ilk debyutini taʼminlashni munosib ravishda amaldagi moliya vaziri J.Qoʻchqorovga ishonib topshirdi”, deb yozadi “Global Markets”.

Ayni chogʻda unda Qoʻchqorov oʻz faoliyatida nafaqat mamlakat iqtisodiy liberallashuvida, balki, jahon iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgani eʼtirof etilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?