Jamoat joylarida elektron kutubxonalar tashkil etilmoqda

21:16 21 Noyabr 2018 Jamiyat
1076 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarorida jamoat joylarida QR-kodlar yordamida elektron kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus tablolarda joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish va oʻqish imkoniyatini yaratish boʻyicha topshiriqlar berilgan.

Mazkur topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Ahmad Fargʻoniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan Fargʻona xalqaro aeroporti kutish zallarida, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” Margʻilon stansiyasi vokzalida, Fargʻona shahridagi avtobus bekatlarida oʻzbek zamonaviy va mumtoz adabiyoti, jahon adabiyoti durdonalaridan QR-kodli elektron kitoblar maxsus tablolarda joylashtirilmoqda.

Shuningdek, ushbu kitoblar doimiy yangilanmoqda va hozirda xorijiy tildagi adabiyotlar bilan boyitish ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?