Jaloliddin Manguberdi obrazini uvol qilib qoʻymasligimiz kerak - Ozodbek Nazarbekov

18:33 07 Sentyabr 2020 Jamiyat
543 0

Ayni damda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Istanbul shahrida ijodiy safarda boʻlib turibdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Madaniyat vazirligi buyurtmasiga binoan turk kino ijodkorlari bilan hamkorlikda “Mendirman Jaloliddin” seriali suratga olinmoqda. Ushbu tarixiy filmga mahoratli aktyor va aktrisalar jalb etilgan. Mazkur film jarayonlarining borishi va tashkiliy masalalar yuzasidan suhbatlashish maqsadida O.Nazarbekov Turkiya safarining ilk kuniyoq «Boʻzdagʻ film» rahbari, Mehmed Boʻzdagʻ bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida ayniqsa oʻzbek xalqi ushbu filmni intiqlik bilan kutayotganini va bu serialdan oʻzbek xalqining ham umidi katta ekanligini taʼkidlarkan:

«Asosiysi ushbu filmni turkiy xalqlari tarixidan soʻzlovchi, uning madaniyati, insoniyligi kabi fazilatlarini namoyon eta oluvchi durdona asar sifatida nafaqat turkiy millatlar, balki, butun dunyo xalqlariga tuhfa eta olishimiz zarur. Jaloliddin Manguberdi obrazi juda nozik va biz uni uvol qilib qoʻymasligimiz kerak», dedi Nazarbekov

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?