Jalgasbay Berdimuratov ham Tokio Olimpiadasi ishtirokchisiga aylandi

22:02 17 Sentyabr 2019 Sport
111 0

Qozogʻiston poytaxtida oʻtkazilayotgan sport kurashlari boʻyicha jahon chempionatining bugungi kuni vakillarimiz uchun omadli kechmoqda. Bir necha daqiqa avval -77 kilogrammda klassik kurashchimiz Jalgasbay Berdimuratov ham Tokio Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Vakilimiz bugungi bellashuvlarni ukrainalik Volodomir Yakovliyev ustidan qozonilgan gʻalaba bilan boshladi. Bronza medali uchun kurashish imkonini beruvchi bosqichda esa litvalik Paulius Galkinas ham magʻlub etildi.

Bu gʻalaba Berdimuratovni Tokio Olimpiadasi ishtirokchilari qatoriga kiritdi. Sporchtimiz kechki dasturda musobaqa mezbonlaridan biri Asxat Dilmuhammedovga qarshi bronza medali uchun gilamga chiqadi.

Shu tariqa hamyurtlarimizning Tokio Olimpiadasiga qoʻlga kiritgan yoʻllanmalari soni yettitaga yetdi. Biroz avval Elmurat Tasmuradov ham -60 kilogramm vazn toifasida litsenziya sohibiga aylangan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?