Jahongir Ortiqxoʻjayev yarim tunda daraxtlarni noqonuniy kesayotganlarni shaxsan oʻzi tutib oldi (video)

15:22 26 Iyun 2019 Jamiyat
495 0

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev 25-iyundan 26-iyunga oʻtar kechasidagi kuzatuv davomida Alisher Navoiy shoh koʻchasidagi “Turkiston” sanʼat saroyining old tomonida daraxtlar kesilayotganiga guvoh boʻldi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Hokim ushbu noqonuniy harakat boʻyicha izoh soʻraganida, ular diametri 70—80 santimetr boʻlgan 20 ta daraxtni kesish uchun “Yagona darcha” davlat xizmatlari markazidan 61 ming soʻm evaziga ruxsat olganini maʼlum qilgan.

Voqea joyiga tezlik bilan Yunusobod tuman hokimligi, Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, IIBB va prokuratura mutasaddilari chaqirilgan.

Xabarda aytilishicha, ayni paytda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushbu noqonuniy harakatga aloqador guruh qoʻlga olingan. Prokuratura nazoratida sogʻlom daraxtlarni kesish boʻyicha aniqlangan holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?